ERP · tibbiyot
Xususiy klinika uchun ERP
Registratura, kassa, ombor va hisobotlar bitta veb-tizimda: rollar va ruxsatlar, tez qidiruv, kun boʻyi ishlashga qulay interfeys.
Next.js · Express · PostgreSQL
Har kuni ishlatiladi.
Ish takliflariga ochiqman
AI-agentlarni ishlab turgan tizimlarga ulayman: ERP va CRM, Telegram, maʼlumotlar bazasi. Asosan Python, Node.js, TypeScript va PostgreSQL bilan ishlayman.
01 · Men haqimda
Men Javohir Jumaboyev, Toshkentdanman. Ikki yildan beri savdo va tibbiyot uchun tizim yozaman: onlayn doʻkon, uning ERP va kassasi, toʻlov va soliq integratsiyasi, klinika uchun ERP va Telegram botlar. Interfeysni ham, serverni ham oʻzim qilaman. Hozir asosan shu tizimlarga AI-agentlar ulayapman.
02 · AI
Misollarni klinika rahbari uchun qilgan AI yordamchimdan olaman. U yerda model ishning bir qismi, xolos. Qolgani: maʼlumotga xavfsiz ulanish, kimga nima mumkinligi va nazorat.
Model bazaga oʻzi kirmaydi. U tayyor soʻrovlarning natijasini koʻradi va javobni faqat shundan yozadi. Maʼlumot boʻlmasa, oʻylab topmaydi, yoʻq deb aytadi.
Klinika yordamchisida buning uchun tayyor soʻrovlar qatlami bor.
Model SQLʼni oʻzi yozsa ham xavfli emas: bazadagi foydalanuvchida faqat oʻqish huquqi bor, ilova faqat bitta SELECTʼni oʻtkazadi va xavfli buyruqlarni toʻxtatadi, soʻrov vaqti va qatorlar soni cheklangan.
Shuning uchun agent bazada hech narsani oʻzgartira olmaydi. Ikki marta yoki xato bajarilgan amal ham boʻlmaydi.
Bot faqat roʻyxatdagi Telegram IDʼlarga javob beradi, sozlamalarni faqat admin oʻzgartiradi. Rahbar bilan yozishma guruhda boʻladi, shunda har bir savol va javob koʻrinib turadi.
Maxfiy maʼlumot begona chatga chiqib ketmaydi.
Xotira uch qismdan iborat: oxirgi suhbat (6 soat), klinika haqidagi doimiy faktlar va tuzatilgan xatolar. Yangi narsani model oʻzi eslab qoladi, lekin roʻyxatni odam koʻradi va keraksizini oʻchiradi.
Bir marta tuzatilgan xato qaytmaydi.
Tez ishga tushirish kerak boʻlsa, Claude yoki Gemini API ishlataman. Maʼlumot tashqariga chiqmasligi kerak boʻlsa, ochiq modelni (Gemma, Qwen) kompaniyaning oʻz kompyuteriga oʻrnataman.
Ochiq modelni oʻzim oʻrnatganman: oʻzbekcha TTS GPU serverda ishlayapti.
Har bir chaqiruvning token va narxi yozib boriladi. Limit tugasa, soʻrov oʻzi keyingi modelga oʻtadi. Ovozli javob limiti tugasa, javob matn boʻlib keladi va ish toʻxtamaydi.
Internetdan topilgan javob manbasi bilan keladi.
03 · Ishlarim
ERP · tibbiyot
Registratura, kassa, ombor va hisobotlar bitta veb-tizimda: rollar va ruxsatlar, tez qidiruv, kun boʻyi ishlashga qulay interfeys.
Next.js · Express · PostgreSQL
Har kuni ishlatiladi.
Telegram
Tahlil natijasi tayyor boʻlsa, bot uni bemorga oʻzi yuboradi. Bot API yozishmalar tarixini bermaydi, shuning uchun xabarlarni oʻz bazamizga yozamiz va registratura hamma chatni bitta paneldan koʻradi.
Node.js · Telegraf · PostgreSQL · Telegram Web A
Natijalar har kuni bot orqali boradi.
AI-agent
Rahbar savolini Telegramda yozadi yoki ovozli xabar yuboradi. Javob ERP bazasidagi haqiqiy raqamlardan chiqadi, kerak boʻlsa Excel hisobot ham keladi.
Claude · Gemini · PostgreSQL · Telegram
Ishlab turgan ERP bazasiga ulangan.
Ovozli AI · prototip
Chaqiruv soʻzini brauzerning oʻzi taniydi, suhbat Gemini Live orqali real vaqtda ketadi, kerak boʻlsa model funksiyalarni oʻzi chaqiradi. Javobni oʻzbekcha ovozda aytadi.
Gemini Live · Vosk · Three.js · Python · Modal GPU
TTS modelini GPU serverga oʻzim oʻrnatganman.
Savdo · toʻlovlar
Onlayn doʻkon, uning ERP va kassasi: Click va Payme, fiskal chek (QPOS), MXIK kodlari va markirovka. 1 GB lik Electron kassani Tauri va Rustʼga koʻchirdim, endi kuchsiz kompyuterda ham tez ochiladi.
Tauri · Rust · React Native · Click · Payme · QPOS
Chek printeri, tarozi va skaner bilan ishlaydi.
Veb-sayt
Koʻp tilli sayt va admin panel. Jamoa yangilik, natija va hujjatlarni dasturchisiz oʻzi qoʻshadi. SEO, mobil versiya, tez ochiladi.
Next.js · i18n · SEO
04 · Stek
05 · Aloqa
Telegramda tezroq javob beraman. Rezyume kerak boʻlsa, oʻsha yerga yuboraman.